Узбек O'zbek
«MYU» Reshfordni saqlab qolish chorasini topdi
Shanba, 30 Mart
6488

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford «Old Trafford»dan ketishni rejalashtirmayapti.

Daily Mail xabariga ko‘ra, tez orada Reshford klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Yangi bitimga asosan uning maoshi ikki barobarga oshib, yiliga 9 mln yevroga yetadi.

Ta’kidlanishicha, kuni kecha bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher o‘z lavozimiga doimiy asosda tayinlangani 21 yoshli shogirdning qaroriga ta’sir ko‘rsatgan. U mazkur yangilikdan keyin Twitter sahifasida ustozini birinchilardan bo‘lib tabriklagan edi.

Ma’lumot uchun, Markusning amaldagi kelishuv kelasi yil yozida nihoyasiga yetishi kerak edi. Reshford ushbu mavsumda «MYU»ning 38ta o‘yinida maydonga tushdi va 12ta gol urib, 9ta golga assistentlik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz