Узбек O'zbek
Keza mashinasida mototsiklchini urib yubordi
Shanba, 30 Mart
1821

Italiya milliy jamoasi va «Fiorentina» klubi vingeri Federiko Keza yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi.

ANSA agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa kecha, 29 mart kuni, kunning ikkinchi yarmida Florensiyada ro‘y bergan. 21 yoshli futbolchi «Mini Cooper» mashinasini boshqarib borayotib, skuterni urib yuborgan. Natijada mototsikl haydovchisi yerga yiqilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Keza esa jarohat olmagan. Politsiya hodisa bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda, hozircha voqea kimning aybi bilan yuz bergani noma’lum. Skuterchi jiddiy jarohat olmagani aytilmoqda.

Keza kuni kecha Italiya milliy jamoasi bazasidan jarohat bilan qaytgandi. Shu sababli u jamoaning yakshanba kuni «Torino»ga qarshi kechadigan o‘yinida qatnasha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Federiko bu mavsum «Fiorentina»ning 31ta o‘yinida maydonga tushib, 20ta golda (12+8) bevosita ishtirok etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz