Узбек O'zbek
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Janubiy Koreya va Yaponiya Lotin Amerikasi termalarini mag‘lub etdi
Seshanba, 26 Mart
3581

Yaponiya va Janubiy Koreya milliy jamoalari Amerika termalariga qarshi mart oyidagi FIFA kunlariga belgilagan ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishdi.

Yaponlar Kobe shahrida Boliviyani qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishishdi. Yagona gol 76-daqiqada hujumchi Shoya Nakajima tomonidan urildi.

«Samuraylar» 22 mart kuni Kolumbiyaga shu hisobda yutqazishgan edi. Kolumbiyaliklar bugun Seulda Janubiy Koreya mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida yengildi. Mezbonlar safidan Son Hyong Min va Jaye Sung Lining gollariga mehmonlardan Xames Rodriges javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, koreyslar o‘tgan hafta Boliviyani 1:0 hisobida mag‘lub etishgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
26 mart
Yaponiya – Boliviya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76 Nakadzima.

Janubiy Koreya – Kolumbiya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 17 Son Hyong Min, 1:1 – 49 Dias, 2:1 – 58 Li Chje Son.

00:00. Marokash – Argentina
00:45. Chexiya – Braziliya
04:55. AQSH – Chili

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz