Узбек O'zbek
Eldor Shomurodov milliy jamoa tarkibidagi sermahsullikni oshirdi
Dushanba, 25 Mart
3180

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 2019 yilda sermahsul o‘yin namoyish qilmoqda.

Milliy jamoa yil boshidan beri 6ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Shomurodov ularning barchasida maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Xususan, 23 yoshli futbolchi Osiyo Kubogida Ummon (2:1), Turkmaniston (4:0, 2ta), Yaponiya (1:2) va xalqaro turnirdagi Xitoy (1:0) milliy jamoalariga qarshi o‘yinlarda darvozani ishg‘ol qildi. Avstraliya (0:0, pen 2:4) va Urugvayga (0:4) qarshi bahslarda esa maydonni golsiz tark etdi.

Shomurodov 2015 yildan beri milliy jamoa sharafini himoya qiladi. U avvalgi 28ta o‘yinda 6ta gol urgan edi. Endi uning hisobida jami 34ta o‘yinda urilgan 11ta gol bor. Eldor bu ko‘rsatkich bo‘yicha milliy jamoa to‘purarlari ro‘yxatida Shuhrat Maqsudov, Igor Sergeyev, Vladimir Shishelov va Azamat Abduraimov bilan birga 12-pog‘onada boryapti. Ro‘yxatda 34ta gol bilan Maksim Shatskix peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov ayni paytda Rossiyaning «Rostov» klubi tarkibida to‘p tepyapti. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 21ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Shomurodovning transfer qiymati 1 million yevroga teng.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz