Узбек O'zbek
Yevro-2020 saralashi. Italiya birinchi turda oson g‘alabaga erishdi
Yakshanba, 24 Mart
3453

Italiya terma jamoasi 2020 yilgi Yevropa chempionati uchun saralash bosqichining J guruhida Finlyandiyaga qarshi 1-tur uchrashuvini o‘tkazdi. Udinedagi «Friuli» stadionida kechgan o‘yin maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Skuadra adzurra» o‘yinning 7-daqiqasidayoq hisobda oldinga chiqib oldi. Bu vaziyatda Nikolo Barella aniq harakat qildi. 74-daqiqada esa «Yuventus» hujumchisi Moyze Kin o‘yinning yakuniy hisobini o‘rnatdi.

Shu tariqa, Italiya saralash turnirini g‘alaba bilan boshladi. Endi italyanlar J guruhida birinchi o‘rinni Bosniya va Gersegovina hamda Gretsiya bilan bo‘lishib turibdi. Bu terma jamoalar birinchi turda mos ravishda Armaniston (2:1) hamda Lixtenshteynni (2:0) mag‘lub etishgan.

Qayd etish kerakki, «Skuadra adzurra» XXI asrda saralash uchrashuvlarida biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan - 47 o‘yinda 36 g‘alaba va 11 durang qayd etilgan.

Keyingi turda Italiya Lixtenshteynni qabul qiladi, Finlyandiya Armaniston mehmoni bo‘ladi, Bosniya va Gersegovina esa Gretsiya bilan o‘ynaydi.

Yevro-2020 saralashi
1-tur
Italiya – Finlyandiya 2:0
(1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Barella, 2:0 – 74 Kin.
Italiya – Donnarumma, Pichchini, Biragi (Spinatssola, 90), Bonuchchi, Kellini, Jorjino, Verratti (Dzanolo, 85), Barella, Bernardeski, Kin, Immobile (Kualyarella, 80).
Finlyandiya – Gradetski, Toyvio, Arayuuri, Vyaysyanen, Granlund (Soyri, 90), Lod, Pirinen, Sparv, Kamara, Xyamyalyaynen (Lappalaynen, 70), Pukki (Karyalaynen, 83).
Ogohlantirishlar: Sparv (63), Verratti (63), Pichchini (81).

Bosniya va Gersegovina – Armaniston 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 33 Krunich, 2:0 – 80 Miloshevich, 2:1 – 90, penalti Mxitaryan.
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Zukanovich, Todorovich, Bichakchich, Chivich, Beshich, Krunich (Goyak, 83), Zakarich (Miloshevich, 65), Pyanich, Vishcha, Djeko (Kolich, 87).
Armaniston – Ayrapetyan, Dagbashyan, Chalishir, Aroyan, Oganesyan, Mkrtchyan, Mxitaryan, Kazaryan (Ozbiliz, 81), Karapetyan (Briasko, 67), Adamyan (Babayan, 67), Grigoryan.
Ogohlantirish: Chivich (40).

Lixtenshteyn – Gretsiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 45 Fortunis, 0:2 – 80 Donis.
Lixtenshteyn – Byuxel, Geppel, Rexshtayner, Kaufmann, Byuxel (Zele, 67), Salanovich, Xasler (Frik, 86), Vizer, Gubser (Yыldыz, 76), Polverino, Volfinger.
Gretsiya – Vlaxodimos, Bakakis, Kutris, Siovas, Kurbelis, Masuras, Samaris, Fortunis (Kuluris, 83), Zeka, Bakasetas (Kolovos, 71), Mitro‘g‘li (Donis, 23).
Ogohlantirish: Donis (73).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz