Узбек O'zbek
O‘rtoqlik uchrashuvlari. Messining qaytishi bilan Argentina Venesueladan uchta gol o‘tkazib yutqazdi
Shanba, 23 Mart
6482

Yevropada qit’a chempionatiga saralash o‘yinlari ketayotgan vaqtda Osiyo va Amerika terma jamoalari navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishdi.

Lionel Messi JCH-2018dan keyin ilk marotaba Argentina terma jamoasi libosida maydonga chiqdi. Uning 236 kunlik xalqaro tanaffusdan keyingi o‘yini omadli chiqmadi – jamoa Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Venesueladan uchta to‘p o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi – 1:3.

Kecha oqshom, shuningdek, Peru Paragvayni, Gvatemala Kosta-Rikani 1:0 hisobida yengdi.  Xuddi shu hisob hozir ikkinchi bo‘limi o‘tib borayotgan Meksika–Chili uchrashuvida ham qayd etilmoqda.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
22 mart
Argentina – Venesuela 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 6 Rondon, 0:2 – 44 Murilo, 1:2 – 59 Martines, 1:3 – 75, penalti Martines.
Argentina – Armani, Montiyel, Martines (Blanko, 46), Merkado (Kannemann, 46), Talyafiko, Paredes, Lo Chelso (Pereyra, 78), Martines (Suares, 46), Foyt, Messi, Martines(Benedetto, 70).
Venesuela – Farines, Rosales, Osorio, Vilyanueva, Ernandes, Errera (Soteldo, 64), Moreno, Murilo (Urtado, 89), Rinkon, Machis (Anor, 79), Rondon (Martines, 72).

Peru – Paragvay 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 4 Kueva.

Gvatemala – Kosta-Rika 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31 Chinkotta.

Meksika – Chili 1:0 (2-bo‘lim)
Gol: 1:0 – 52 Raul Ximenes

Yaponiya – Kolumbiya 0:1
Gol: Falkao (64 pen)

Janubiy Koreya – Boliviya 1:0
Gol: Li Chxon-Yon (86)

23 mart
13:30. Afg‘oniston – Malayziya
17:45. Ummon – Singapur
20:00. Iordaniya – Suriya
22:00. Braziliya – Panama

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz