Узбек O'zbek
Messi jarohat oldi, u Marokash bilan o‘yinda qatnashmaydi
Shanba, 23 Mart
5219

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Terma jamoa matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, hujumchi chov sohasida og‘riq sezmoqda. Shuningdek, belining chap qismidagi shikastlanish sababli Gonsalo Martines ham keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Marokashga qarshi bahs 26 mart kuni ushbu mamlakat shimolidagi Tanjer shahrida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Messi ushbu o‘yinda maydonga tushish uchun uchta shart qo‘ygani ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, Marokash terma jamoasi futbolchilari Messiga qarshi umuman qo‘pol o‘ynamasligi, u bilan selfi tushishga intilmasligi va o‘yindan keyin futbolka almashishni talab qilmasligi lozim edi.

Eslatib o‘tamiz, argentinaliklar kecha Madridda Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Bu bahs Messining Argentina termasidagi 236 kunlik tanaffusdan keyingi ilk o‘yini bo‘ldi.

Ushbu bahsdan bir kun oldin yarimhimoyachi Anxel Di Mariya ham jarohat olgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz