Узбек O'zbek
Juda quvnoq penalti. U Messining qaytishini soyada qoldirdi
Shanba, 23 Mart
17617

Venesuela va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Lionel Messining terma jamoaga qaytishi bilan birga kechdi. Argentinalik futbolchi 256 kundan buyon terma jamoa safida o‘ynamagandi, bu uning faoliyatidagi eng uzoq tanaffus bo‘ldi.

Ammo bu o‘rtoqlik uchrashuvi shuni ko‘rsatdiki, hozirgi Argentina terma jamoasi Messisiz ham, Messi bilan ham og‘ir ahvolda qolmoqda.

O‘yinning 6-daqiqasidayoq Solomon Rondon hisobni ochdi.

Tanaffus arafasida argentinaliklar darvozasiga ikkinchi to‘p borib tushdi.

O‘yinning eng qiziqarli voqeasi esa ikkinchi bo‘limda kuzatildi. MLS chempionati vakili Xosef Martines penaltini ijro etishda juda g‘alati usul tanladi.

Shu tariqa, Venesuela o‘z tarixida ilk marta Argentina darvozasini bir o‘yinda uch bor ishg‘ol qildi. Venesuelaliklar uchun bu g‘alaba Argentinaga qarshi o‘yinlarda tarixdagi ikkinchisi bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz