Узбек O'zbek
«Ularda Azar bor, bizda esa yo‘q» –Dzyuba Rossiya Belgiyaga nega yutqazganini izohladi
Juma, 22 Mart
4095

Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Belgiya – Rossiya (3:1) o‘yinida nega belgiyaliklar g‘olib bo‘lganiga izoh berdi.

«Nega yutqazganimizning sababi oddiy. Ularda Azar bor, bizda esa yo‘q. Hisobni tenglashtirganimizdan keyin natijaga erishish mumkinligiga ishona boshladik, lekin Azar kabi futbolchilar natijaga ta’sir qila olishadi. Bunday futbolchilar jamoalar o‘rtasidagi farqni yuzaga keltirishadi.

Umid qilaman, bu mag‘lubiyat Qozog‘istonga qarshi yanada yaxshiroq o‘ynashimizga sabab bo‘lib, bizni birlashtiradi»,- deydi Dzyuba.

Eden Azar Belgiya – Rossiya o‘yinida ikkita gol urgan va Belgiyaning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz