Узбек O'zbek
Argentinada Sala xotirasi abadiylashtirildi
Payshanba, 21 Mart
3082

Argentinada Esperansa Ligasi hududiy chempionati o‘yinlari davom ettirildi.

Ouest France xabariga ko‘ra, bundan buyon chempionat Emiliano Sala Ligasi deb nomlanadi. Bunga bag‘ishlangan tantanali tadbirda futbolchining oilasi ham ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni kechqurun Emiliano Sala Fransiyaning «Nant» klubidagi jamoadoshlari bilan xayrlashib, «Kardiff» klubi qarorgohiga xususiy samolyotda uchib ketgan edi. Biroq, samolyot ko‘zlangan manzilga yetib kelishidan 1 soat oldin radarlardan yo‘qolib qoldi. Bundan biroz avvalroq, futbolchi WhatsApp’dagi chatga «hozir samolyot parchalanib ketsa kerak», degan xabarni jo‘natishga ulgurgan edi. Samolyot qoldiqlari 3 fevral kuni dengiz ostidan topildi. Uni izlash ishlariga xayriya asosida katta miqdorda mablag‘ to‘plandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz