Узбек O'zbek
«Inter» Perishich uchun qancha so‘rayotgani oydinlashdi, u APLga yo‘l olishi mumkin
Chorshanba, 20 Mart
3751

«Tottenhem» hamon «Inter» yarimhimoyachisi Ivan Perishichni sotib olishga harakat qilmoqda.

Italyan matbuotiga ko‘ra, London klubi skautlari yakshanba kuni «Milan»ga qarshi kechgan derbi uchrashuvida 30 yoshli xorvatni kuzatib borishgan.

Ma’lum qilinishicha, «Inter» yanvar oyida Ivan uchun 35 mln yevro so‘ragan, ammo «Tottenhem» uchun bu summa qimmatlik qilgan edi.

«Neradzurri» Perishichni 2015 yilda «Volfsburg»dan 16 mln yevroga sotib olgandi. U joriy mavsumda klubning barcha musobaqalardagi 35ta o‘yinida maydonga tushib, 5+7 mahsuldorik natijasini qayd etdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz