Узбек O'zbek
Messi va Dibala Argentina termasining yangi libosini namoyish qildi
Seshanba, 19 Mart
5972

Argentina termasi rasmiy tvitterida jamoaning 2019 yilgi Amerika kubogi uchun mo‘ljallangan yangi libosi taqdim qilindi. Liboslar taqdimoti uchun Lionel Messi va Paulo Dibala suratga tushgan.

«Koppa Amerika» 14 iyundan 7 iyulgacha Braziliyada bo‘lib o‘tadi. Unda Argentina Kolumbiya, Paragvay va Qatar terma jamoalari bilan birga «B» guruhidan o‘rin olgan.

Lionel Skaloni jamoasi ayni paytda Madridda yig‘in o‘tkazmoqda. Yig‘in doirasida Venesuela (22 mart) va Marokashga (26 mart) qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urugvay terma jamoasi ham yangi dizayndagi ekipirovkasini namoyish qilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz