Узбек O'zbek
Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionati tarixdagi eng serdaromadi bo‘ldi
Shanba, 16 Mart
5526

FIFA 2018 yilda Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatidan 5,3 mlrd dollar ishlab oldi. Bu haqda FIFAning moliyaviy hisobotida ma’lum qilingan.

Hisobotning tuzilishida 2015 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davr hisobga olingan, unga bu vaqt ichida barcha toifalar – televizion huquqlar, marketing huquqi, litsenziyalash, chiptalar sotishdan olingan daromadlar kirgan va jahon chempionati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan toifalar ham e’tiborga olingan. FIFA 3 yillik sikl davomida 6,4 mlrd dollar ishlab topgan, bu qiymatdan 83 foizini Rossiyadagi jahon chempionati keltirgan.

Jahon chempionatiga investitsiyalar hajmi 1,8 mlrd dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa FIFAning sof daromadi 3,5 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilgan. Rossiyadagi jahon chempionati, shuningdek, FIFA tarixidagi eng serdaromadi bo‘ldi.          

JCH-2018 o‘yinlariga tashrif buyurgan tomoshabinlar umumiy soni 3 mlndan ko‘proqni tashkil qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz