Узбек O'zbek
Italiya terma jamoasi yig‘iniga 11 nafar hujumchi chaqirildi
Shanba, 16 Mart
6442

Italiya terma jamoasining Yevro-2020 saralashi doirasidagi Finlyandiya va Lixtenshteynga qarshi o‘yinlar oldidan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.

Ro‘yxatdan «Sampdoriya»ning 36 yoshli hujumchisi Fabio Kvalyarella ham o‘rin olgan. U ayni paytda A Seriya to‘purarlari ro‘yxatida 20ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. U 28ta o‘yinda, shuningdek, 6ta golga assistentlik ham qilgan.

Shu bilan birga, bosh murabbiy Roberto Manchini «Yuventus»ning 19 yoshli hujumchisi Moyze Kinni ham tarkibga jalb etgan.

Darvozabonlar: Janluidji Donnarumma («Milan»), Salvatore Sirigu («Torino»), Alessio Krano («Kalyari»), Mattia Perin («Yuventus»);
Himoyachilar: Jordjo Kellini, Leonardo Spinatssola, Leonardo Bonuchchi (barchasi – «Yuventus»), Kristiano Biragi («Fiorentina»), Kristiano Pichchini («Valensiya»), Janluka Manchini («Atalanta»), Alessandro Florensi («Roma»), Armando Isso («Torino»), Alessio Romanoli («Milan»);
Yarimhimoyachilar: Nikolo Barella («Kalyari»), Brayan Kristante, Lorenso Pellegrini, Nikolo Dzanolo (barchasi – «Roma»), Stefano Sensi («Sassuolo»), Jorjino Frello («Chelsi»), Marko Veratti («PSJ»);
Hujumchilar: Domeniko Berardi («Sassuolo»), Federiko Bernardeski, Moyze Kin (ikkalasi – «Yuventus»), Federiko Keza («Fiorentina»), Stefan Al-Shaaravi («Roma»), Kevin Lazanya («Udineze»), Matteo Politano («Inter»), Fabio Kvalyarella («Sampdoriya»), Vinchenso Grifo («Frayburg»), Chiro Immobile («Latsio»), Leonardo Pavoletti («Kalyari»).

«Skuadra adzurra» 23 mart kuni Finlyandiya, 26 martda Lixtenshteyn terma jamoalarini qabul qiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz