Узбек O'zbek
Zidan: «Real»da hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan
Payshanba, 14 Mart
5270

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa futbolchilariga har kimda o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat mavjudligini aytgan. U jamoaga qaytganidan keyingi ilk mashg‘ulotida futbolchilarga yuzlanib, nutq so‘zlagan.

«Biz hammasini noldan boshlaymiz, kim qay darajada ekanining farqi yo‘q. Avval kim nimalar qilgani hech qanday ahamiyatga ega emas. Hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan, hech kim jamoadagi o‘rnidan mahrum etilmaydi. Qolgan oylar hal qiluvchi pallalar bo‘ladi», deya Zidanning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.

Chempionlar ligasini va Ispaniya Kubogini tark etgan «Real» ayni vaqtda Ispaniya chempionatida peshqadam «Barselona»dan 12 ochko ortda qolgan holda (27 o‘yinda 51 ochko) uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa chempionat doirasidagi keyingi o‘yinni 16 mart kuni «Selta»ga qarshi o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz