Узбек O'zbek
«Zenit» o‘z onlayn kanalini ishga tushirdi
Payshanba, 14 Mart
740

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi Z+ deb nomlangan yangi onlayn kanalni ishga tushirdi. Unda piterliklarning Rossiya Premer-Ligasidagi barcha o‘yinlari translyatsiya qilinadi.

Birinchi bo‘lib 17 mart kuni Moskvada o‘tkaziladigan «Spartak» klubiga qarshi bahs namoyish etiladi.

O‘yinlardan tashqari muxlislar mashhur blogerlar va sport ekspertlari ishtirokidagi shoular, jamoa qarorgohidan olingan eksklyuziv reportajlarni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

«Spartak» klubiga qarshi o‘yindan oldin, Z+ shouda «Leningrad» guruhi xonandasi Sergey Shnurov va dizayner Artemiy Lebedev ishtirok etadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz