Узбек O'zbek
«Real» Xames va Kovachich bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi
Payshanba, 14 Mart
21168

«Real» klubi yarimhimoyachilar Xames Rodriges va Mateo Kovachich kelajagi bo‘yicha muhim qarorni qabul qilishgan. 

El Confidencial xabariga ko‘ra, mos ravishda «Bavariya» bilan «Chelsi»da ijarada to‘p tepayotgan futbolchilar madridliklarga kerak emas va sotib yuboriladi. 

Klub prezidenti Florentino Peres Xamesning transferidan 60 million yevro, Kovachich transferidan 50 million yevro ishlab olmoqchi.

Bundan tashqari, «Real» ijaraga berib yuborilgan Borxa Mayoral («Levante»), Raul de Tomas («Rayo Valekano»), Lukas Silva («Kruzeyro») va Martin Edegor («Vitess») xizmatidan ham voz kechmoqchi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz