Узбек O'zbek
Mourino: «Real» menga taklif bilan chiqmadi»
Payshanba, 14 Mart
3964

«Real» klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidanning klubga qaytishiga munosabat bildirdi.

«Yo‘q, albatta xafa emasman.

Hech kim men bilan qaytishimni muhokama qilmagan. Menimcha, Zidanning tayinlanishi – eng yaxshi qaror.

Zidan so‘nggi yillarda juda zo‘r ishladi, demak, bu qaytish uning uchun ham, klub uchun ham foydalidir.

Endi unda loyiha bor, hammasini boshidan boshlab, o‘z iqtidorini namoyish qilish imkoniyati bor. Unga muvaffaqiyat tilayman», – dedi Mourino El Chiringuito efirida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz