Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted» afsonasi yangi klubida atigi 1 oy ishladi
Payshanba, 14 Mart
8107

«Manchester Yunayted» klubining sobiq yarimhimoyachisi Pol Skoulz «Oldhem Atletik» klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

44 yoshli ingliz Liga 2 musobaqasida ishtirok etayotgan jamoa bilan 1,5 yillik shartnomani imzolagan edi. Ammo uni atigi 1 oy davomida - 5ta o‘yinda boshqardi xolos.

«Katta afsus bilan ma’lum qilamanki, klubni tark etishga qaror qildim. Men shartnomam muddati tugagunga qadar ishlamoqchi edim. Ammo rahbariyat tomonidan berilgan va’dalar bajarilmadi. Bunday sharoitda ishni davom ettira olmasligimni tushundim», — deb Skoulz so‘zlarini keltirmoqda The Guardian.

«Oldhem Atletik» mutaxassisning qo‘li ostida 2 marta durang o‘ynab, 3 marta yutqazdi va musobaqa jadvalida 24ta jamoa ichida 14-o‘rinda bormoqda.

Skoulz 1993-2013 yillarda «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan va 499ta o‘yinda 107ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz