Узбек O'zbek
JCH-2022 ishtirokchilari soni oshirilishi kutilmoqda
Payshanba, 14 Mart
3162

2022 yilda Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionati ishtirokchilari soni 32tadan 48taga oshirilishi kutilmoqda.

L’Equipe xabariga ko‘ra, FIFA shu yilning 6 iyun kuni Parijda o‘tkaziladigan Kongressda shu haqdagi qarorni qabul qiladi.

FIFA jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilsa, Qatar bilan birga turnir o‘yinlarini qabul qilishi mumkin bo‘lgan 2ta mamlakatni ham aniqlab olgan. Chunki, qo‘shimcha 16ta terma jamoa uchun Qatarda mavjud 8ta stadiondan tashqari yana 2-4tasi kerak bo‘ladi.

Shu tufayli, FIFA BAA va Saudiya Arabistonidagi 3ta, Kuvaytdagi 2ta, Ummon va Bahrayndagi 1tadan stadionni o‘rganib chiqqan.

Ammo, BAA, Saudiya Arabistoni va Bahraynning Qatar bilan siyosiy aloqalari yomon ekani inobatga olinsa, faqat Kuvayt va Ummon varianti qoladi. Bu haqda JCH-2022 ishtirokchilari sonini oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqayotgan komissiya xulosasida keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda Kanada, AQSH va Meksikada o‘tkaziladigan jahon chempionatida 48ta terma jamoa ishtirok etishi haqidagi qaror avvalroq qabul qilingan edi. Unda ishtirokchilar 3ta terma jamoadan iborat 16ta guruhga ajratiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz