Узбек O'zbek
Ektor Kuper Urugvayga qarshi o‘yin oldidan kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi
Payshanba, 14 Mart
10866

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper 21-25 mart kunlari Xitoyning Nanning shahri mezbonlik qiladigan «China Cup» musobaqasiga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri xabar bermoqda.

Darvozabonlar:
Akbar To‘rayev (OKMK)
Sanjar Quvvatov («Paxtakor»)
Javohir Ilyosov («Lokomotiv»)

Himoyachilar:
Yegor Krimets («Paxtakor»)
Anzur Ismoilov («Lokomotiv»)
Dostonbek Tursunov («Renofa Yamaguchi», Yaponiya)
Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»)
Oleg Zoteyev («Lokomotiv»)
Farrux Sayfiyev («Paxtakor»)
Akmal Shorahmedov (OKMK)
Davron Hoshimov («Lokomotiv»)

Yarimhimoyachilar:
Odil Hamrobekov («Paxtakor»)
Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy)
Otabek Shukurov («Sharja», BAA)
Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)
Sardor Mirzayev («Lokomotiv»)
Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»)
Javohir Sidiqov («Paxtakor»)
Ikrom Aliboyev («Seul», Janubiy Koreya)

Hujumchilar:
Marat Bikmayev («Paxtakor»)
Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»)
Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya)

Musobaqa tashkilotchilarining qaroriga asosan, O‘zbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Undan bir kun oldin mezbon Xitoy termasi Tailand bilan kuch sinashadi.

Uchinchi o‘rin uchun bahs va final uchrashuvi 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, «China Cup» musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017 yilgi musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan bo‘lib, unda Chili g‘olib chiqqan. 2018 yilda esa Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etgan kubokda Urugvayning qo‘li baland kelgan. Avvalgi har ikki turnir ham Nanningda bo‘lib o‘tgandi.

Avvalroq Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares tomonidan Nanningdagi turnirga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati ma’lum bo‘lgandi.
 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz