Узбек O'zbek
Dembele yana safdan chiqdi
Payshanba, 14 Mart
3978

«Barselona» vingeri Usmon Dembele YeCHL nimchorak finali doirasida «Lion»ga qarshi o‘yinda (5:1) olingan jarohati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Fransuz futbolchisiga chap sonidagi mushak to‘qimalari yirtilishi tashxisi qo‘yilgan. Odatda bunday jarohat tufayli futbolchilar 3-4 haftagacha maydonga qayta olishmaydi.

Bundan avvalroq, «Barselona» shifokorlari Dembeleda «Lion» bilan o‘yinga qadar ham muammo borligini bilishgani haqida xabarlar berilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz