Узбек O'zbek
Amerika Kubogi 2020 formati o‘zgartirildi va mezboni ma’lum qilindi
Payshanba, 14 Mart
3033

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Argentina va Kolumbiyani 2020 yilda o‘tkaziladigan Amerika Kubogi mezboni deb e’lon qildi.

Tashkilotning AQSHda o‘tkazilgan kengashida shu haqdagi qaror qabul qilingan.

Avvalroq, KONMEBOL turnirni Avstraliya yoki AQSHda o‘tkazishdan voz kechgan edi.

2020 yilgi musobaqada 12ta terma jamoa ishtirok etadi va ular 6tadan 2ta guruhga ajratiladi. Pley-off o‘yinlari bir mamlakat hududida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilgi Amerika Kubogini Braziliya qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz