Узбек O'zbek
Shota Arveladze: «Bu hali boshlanishi»
Seshanba, 12 Mart
4942

OCHLning 2-turi doirasida «Paxtakor» va «Al Ahliy» o‘rtasida kechgan va mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Uning ikkinchi qismida toshkentliklar jamoasi bosh murabbiyi Shota Arveladze hamda o‘yindagi yagona gol muallifi Marat Bikmayev ishtirok etdi.

 

«Paxtakor» butun o‘zbek xalqi jamoasi hisoblanadi. Yaxshi kunlar bo‘lgan, yomon kunlar bo‘lgan. Biz hozir amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlarni qilyapmiz. Bundan ham ko‘prog‘ini uddalashni istaymiz.

Chempionlar ligasi jamoamiz munosib bo‘lgan turnir. Guruhimiz qiyin, barcha jamoalar kuchli. «O‘lim guruhi».

Aytishim kerakki, muxlislarimiz ham, futbolchilarimiz ham ishonchga ega. O‘yindan avval o‘yinchilarda ishonchni ko‘rdim. Buni maydonga ko‘chirish kerak edi. G‘alaba uchun o‘ynadik va o‘ylaymanki buni uddalay oldik. Biz yaxshiroq o‘ynadik, bizda vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi va biz g‘alabaga haqli edik.

Hali hech narsa yakunlanmadi, hali bu boshlanishi ham emas. Bu shunchaki guruh bosqichidagi ikkinchi o‘yin va nimanidir nishonlashga hali erta. Biz mavsumni Chempionlar ligasidagi to‘rt uchrashuv bilan boshladik. Bu bizga ruhiy va jismoniy jihatdan yaxshi yordam beradi. O‘zbekiston chempionatiga yaxshi kayfiyatda kirib boryapmiz. Mavsumda o‘zimizdan kutilgan natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Biz o‘tgan yili ham yaxshi o‘ynagandik, klub sifatida o‘sgandik. Klubda o‘tgan mavsumda ham yaxshi natijalar bo‘lgandi. Bizda liga kuchli, «Lokomotiv» kuchli jamoa. Bizda «Navbahor» va «Bunyodkor» kabi jiddiy qarshilik ko‘rsatadigan jamoalar bor.

Bu yil ham ko‘p narsa o‘zgarmadi. Farqi bu safar bizga omad ham kulmoqda. O‘tgan yili Qatardagi o‘yinda nohaq penaltidan gol o‘tkazgandik, bu yil esa Dubaydagi o‘yinda Negredo bizga penaltidan gol ura olmadi.

Yigitlar o‘sib borishmoqda. Ular yaqindagina terma jamoada Yaponiyaga qarshi teng o‘ynashdi, 6 oy oldin jahon chempionatida o‘ynagan futbolchilardan iborat klubga qarshi Eronda tengma-teng o‘ynadik. Biz ham shunday qila olamiz. Oldinga harakatlanish lozim.

Biz endi boshladik. Kelasi o‘yinda boshqacha o‘ynarmiz. Futbolda hamisha kelasi safar eng muhimi. Vaziyatlardan foydalana olmadik, ammo kelgusi gal hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin. Mavsum yakunida bizdan natija talab qilishingiz mumkin.

Birinchi uchrashuvda raqib faolroq o‘ynagandik, eronliklar keskinroq harakat qilishgandi. Ularning uslubi boshqacharoq. Muxlislardan ham bilsa bo‘ladi. Eronda yuz minggacha muxlis keladi.

Yigitlar yaxshi o‘ynashdi. To‘pni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik. Zaxirani kech qilmadim, biz yaxshi harakatlandik, almashtirish o‘yinni buzib qo‘yish mumkin edi», deya murabbiyning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Jamoaning asosiy hujumchisi Marat Bikmayev ham o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bugun kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. G‘alaba qozonib, biz ham kuchli ekanimizni ko‘rsatdik. Bizni oldinga chorlab turgan ishqibozlarga rahmat aytaman. Ular ko‘proq bo‘lsa, yanada yaxshi o‘ynaymiz. 

Hujumda birgina men o‘ynamayapman. Cheran bilan o‘rin almashtirib, o‘rnimizni to‘ldirib o‘ynamoqdamiz. Ba’zan u mening o‘rnimga o‘tib harakat qilmoqda», degan Marat Bikmayev.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz