Узбек O'zbek
O‘zmun «Zenit»ga g‘alaba keltirdi, Shomurodov «Rostov» bilan yana durang o‘ynadi
Yakshanba, 10 Mart
3026

Rossiya Premer-Ligasining 19-turida «Zenit» «Ufa»ga qarshi o‘ynadi. Sankt-Peterburgdagi «Gazprom Arena» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mehmonlar o‘yinning 25-daqiqasidayoq oldinga chiqib olishdi. Qarshi hujum vaqtida Dmitriy Sisuyev «Zenit» darvozaboni Andrey Lunyov bilan yakkama-yakka chiqdi va zarba berishda xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo hujumni Ketelin Karp gol bilan yakunlab qo‘ydi.

«Zenit» tezda javob qaytardi, 30-daqiqada Serdar O‘zmun Emiliano Rigonining pasidan keyin aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. 4 daqiqa o‘tib esa Rigoni g‘alaba golini urdi, unga Artyom Dzyuba golli pas berdi.

Bu g‘alaba evaziga «Zenit» ochkolari sonini 40taga yetkazdi va turnir jadvalidagi birinchi o‘rinni mustahkamladi. Piterliklar ikkinchi o‘rindagi «Krasnodar»ni 6 ochko ortda qoldirishmoqda. «Ufa» 16 ochkosi bilan 15-o‘rinda joylashgan.

19-tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Rostov» Tulaning «Arsenal» klubini qabul qildi. Rostovdagi «Rostov Arena» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Bu o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilhom Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Bu natijadan keyin «Rostov»ning Rossiya chempionatidagi g‘alabasi seriyasi 7 o‘yinga yetdi. Bungacha Valeriy Karpin jamoasi 4 bor durang o‘ynab, 2 bor mag‘lub bo‘lgandi.

Endilikda «Rostov» 26 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinda, «Arsenal» 24 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Rossiya chempionati
19-tur
Zenit – Ufa 2:1
(2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 25 Karp, 1:1 – 30 Azmun, 2:1 – 34 Rigoni.
Zenit – Lunev, Rakitskiy, Ivanovich, Smolnikov, Noboa (Ozdoyev, 60), Jirkov, Kuzyayev (Shatov, 86), Barrios, Rigoni, Azmun, Dzyuba (Driussi, 78).
Ufa –    Belenov, Yokich, Suxov, Alikin, Karp, Bizyak (Vombergar, 57), Till, Putsko (Krotov, 78), Sыsuyev (Aliyev, 67), Nedelcharu, Igboun.
Ogohlantirishlar: Bizyak (15), Igboun (67).

Rostov – Arsenal Tula 0:0 (0:0, 0:0)
Rostov – Pesyakov, Mevlya, Sigurdsson, Novoselsev, Parshivlyuk, Yeremenko, Gatskan, Zuyev (Ionov, 75), Chernov, Popov (Shomurodov, 67), Sigurdarson (Zaynutdinov, 77).
Arsenal Tula – Levashov, Kombarov, Belyayev, Grigalava, Alvares, Kostadinov, Moxammed, Bakayev, Gorbatenko (Berxamov, 89), Tkachev (Xagush, 77), Ojegovich (Kangva, 46).
Ogohlantirishlar: Sigurdarson (21), Bakayev (66), Yeremenko (83), Novoselsev (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz