Узбек O'zbek
Rossiya Kubogining ikkita yarimfinalchisi aniqlandi
Chorshanba, 06 Mart
2864

Rossiya Kubogida chorakfinalning javob bahslari o‘tkazilmoqda.

«Rubin» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qildi va 0:1 hisobida yutqazdi. Dastlabki o‘yinda ham shunday hisob qayd etilgandi.

«Arsenal» o‘z uyida «Orenburg» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlabki bellashuvda «Arsenal» 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Avvalroq, «Rostov» dastlabki yarimfinalchi bo‘lgan edi. So‘nggi yo‘llanma uchun «Ural» va «Spartak» bellashadi. 

Rossiya Kubogi
1/4 final, javob bahslari
6 mart

Rubin (Qozon) – Lokomotiv (Moskva) 0:1
Gol:
Hyovedes (78)
Dastlabki o‘yin: 0:1

Arsenal (Tula) – Orenburg (Orenburg) 1:1 
Gollar:
Grigalava (54) – Popovich (86 pen)
Dastlabki o‘yin: 4:2

24 fevral
Rostov (Rostov) – Krasnodar (Krasnodar) 1:0
Gol:
Popov (87)
Dastlabki o‘yin: 2:2

7 mart
Ural (Yekaterinburg) – Spartak (Moskva) 
Dastlabki o‘yin:
1:1

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz