Узбек O'zbek
Shomurodov va «Rostov» ikkinchi davrani durang bilan boshladi
Yakshanba, 03 Mart
2584

Rossiya Premer-Ligasining 18-turida Krasnoyarskning «Yenisey» klubi «Rostov»ni qabul qildi. Sochidagi «Fisht» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. 

O‘yindagi birinchi gol «Rostov» hujumchisi Born Sigurdarson tomonidan 68-daqiqada urildi. 83-daqiqada esa krasnoyarskliklarning yangi futbolchisi, himoyachi Babakar Sarr hisobni tenglashtirdi.

Bu o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 59-daqiqada murabbiy tomonidan almashtirildi, Valeriy Karpin uning o‘rniga maydonga Born Sigurdarsonni tushirdi.

Ikkinchi davraning birinchi uchrashuvidagi durangdan keyin «Rostov» ochkolari sonini 27taga yetkazgan va turnir jadvalida 7-o‘rinda joylashgan, «Yenisey» 10 ochko bilan oxirgi - 16-o‘rinda qolmoqda. 

Tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Ufa» Moskvaning «Dinamo»sini qabul qildi. Ufadagi «Neftyanik» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 32-daqiqasida «Ufa» hujumchisi Silvestr Igbun hisobni ochdi. 60-daqiqada moskvaliklar hujumchisi Yevgeniy Lutsenko javob golini urdi. «Dinamo» yarimhimoyachisi Vyacheslav Grulyov 94-daqiqada jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Moskvaliklarning ikki golida ham Joazinon assistentlik qildi.

Endilikda «Dinamo» ochkolari sonini 23taga yetkazgan va turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilgan. «Ufa» 16 ochko bilan 15-o‘rinda qolmoqda. Chempionat turnir jadvalini 18 o‘yinda 37 ochko jamg‘argan «Zenit» boshqarmoqda.

Rossiya chempionati
18-tur
Yenisey – Rostov 1:1
(0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 68 Sigurdarson, 1:1 – 83 Sarr.
Yenisey – Yurchenko, Yatchenko (Sobolev, 73), Gadjibekov, Kichin, Zanev, Savichev, Sarr, Torbinskiy (Xubulov, 64), Ogude, Danchenko, Sarkisov.
Rostov – Pesyakov, Xadjikadunich, Novoselsev, Mevlya (Parshivlyuk, 74), Logashov, Glebov (Zaynutdinov, 81), Normann, Popov, Yeremenko, Chernov, Shomurodov (Sigurdarson, 59).
Ogohlantirishlar: Gadjibekov (23), Normann (40), Xubulov (76), Sobolev (80), Danchenko (90).

Ufa – Dinamo 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 32 Igbun, 1:1 – 60 Lutsenko, 1:2 – 90 Grulev.
Ufa – Belenov, Nedelcharu, Putsko, Alikin, Jivoglyadov (Suxov, 85), Till (Vombergar, 85), Karp, Paurevich, Yokich, Sыsuyev (Krotov, 58), Igbun.
Dinamo – Shunin, Kozlov, Shunich, Xolmen, Morozov, Joaozino, Tette, Yusupov, Chernыx (Grulev, 76), Markov, Lutsenko (Panchenko, 89).
Ogohlantirishlar: Yusupov (13), Tette (45), Kozlov (67), Paurevich (72), Shunich (78), Alikin (81), Yokich (86), Nedelcharu (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz