Узбек O'zbek
«Liverpul» muxlislari buni bilamiz» – ispan nashri Serxio Ramosni Stalinga o‘xshatdi
Shanba, 02 Mart
7488

Ispaniyaning mashhur nashri «AS» o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida La Liga futbolchilarini tashqi ko‘rinish jihatidan boshqa sohadagi mashhurlarga o‘xshatdi. Ular orasida bir o‘xshatish ko‘pchilikning diqqatini tortdi.

«AS» Ispaniya terma jamoasi hamda Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramosni tashqi ko‘rinish jihatidan 1924-54 yillarda sobiq ittifoq kompartiyasi bosh kotibi bo‘lib ishlagan diktator Iosif Stalinga o‘xshatdi. Bu ikki mashhur insonning suratlari yonma-yon qo‘yilganda o‘xshashlik chindan ham seziladi.

Bu postga qoldirilgan izohlar ham qiziqarli. Ulardan birida «Liverpul» muxlisi shunday deydi: «Biz «Liverpul» muxlislari buni bilamiz». Bu izoh muallifi Ramosning YeCHL finalida Muhammad Salohga nisbatan ishlatgan qo‘polligini nazarda tutgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz