Узбек O'zbek
Infantino: «Italiya stadionlar infrastrukturasi borasida Gabondan ham orqada»
Payshanba, 28 Fevral
2475

FIFA prezidenti Janni Infantino Italiyaning Rai Sport telekanaliga bergan intervyusida bu davlatdagi stadionlar holati qoniqarsiz ekaniga e’tibor qaratdi.

«Italiyada stadionlar bilan bog‘liq vaziyatni hech qanday mantiq bilan izohlab bo‘lmaydi. Mamlakatda futbolni juda sevishadi, futbol madaniyati yuksak darajada shakllangan. Ammo 2017 yili Afrika Millatlar kubogini o‘zida o‘tkazgan Gabonda stadionlar nafaqat futbol o‘yini o‘tkaziladigan maskan, balki shaharning ramzi ham sanaladi. Gabonda stadionlar infrastrukturasi Italiyadagidan ko‘ra yaxshiroq.

Italiyada faqat «Yuventus» va «Udineze» klublarigina o‘z stadionlariga ega ekaniga ishonish qiyin. Eslatib o‘tishni istardimki, stadion faqat katta xarajat degani emas, balki hammasidan ham ko‘ra investitsiya demakdir», – degan Infantinoning so‘zlarini keltirmoqda Calciomercato.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz