Узбек O'zbek
«Fenerbaxche» «Beshiktosh» maydonida 12 daqiqa ichida uchta gol urib, 0:3 hisobini durangga aylantirdi
Seshanba, 26 Fevral
2929

Turkiya Superligasining 23-turida «Beshiktosh» va «Fenerbaxche» klublari Istanbulda jangovar durangga imzo chekishdi – 3:3.

O‘yinda hisob 10-daqiqada Go‘kxon Go‘nul tomonidan ochildi. Sakkiz daqiqada o‘tib, Burak Yilmaz penaltidan gol urib, hisobni farqni oshirdi. U birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada dubl rasmiylashtirib, tanaffusga maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yo‘l olishini ta’minladi.

Ammo «Beshiktosh» o‘z uyida kechgan uchrashuvda hisobdagi bunday katta ustunlikni ushlab qola olmadi. «Fenerbaxche» a’zolaridan Mixa Zays, Sodiq Chiftpinar va Hasan Ali Qaldirim 55-67 daqiqalar oralig‘ida to‘p kiritib, muvozanatni tiklashga erishdi.

Bu natijadan so‘ng jamoalarning turnir jadvalidagi o‘rni o‘zgarmay qoldi: hamon «Beshiktosh» 3-, «Fenerbaxche» 14-o‘rinda bormoqda.

Turkiya chempionati, 23-tur
Beshiktash – Fenerbaxche 3:3 (3:0, 0:3)

Gollar: 1:0 – 10 Genyul, 2:0 – 18, penalti Yilmaz, 3:0 – 45 Yilmaz, 3:1 – 55 Zays, 3:2 – 61 Chiftpinar, 3:3 – 67 Qaldirim.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz