Узбек O'zbek
«Rostov» Rossiya Kubogi yarim finaliga chiqdi. Shomurodov g‘alaba goliga assistentlik qildi
Dushanba, 25 Fevral
4627

Rossiya Kubogida yarim final o‘yinlari boshlandi. Ilk yarim finalchi nomini aniqlash uchun «Rostov» hamda «Krasnodar» jamoalari to‘qnash kelishdi. Jamoalarning Krasnodarda o‘tkazilgan birinchi o‘yinida 2:2 hisobi qayd etilgandi.

Javob bahsida «Rostov» ustunlikka ega bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi. O‘yindagi yagona gol 87-daqiqada Ivelin Popov tomonidan urildi.

Bu vaziyatda hamyurtimiz Eldor Shomurodov maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va jarima maydoniga yaqinlashib ochiq turgan sherigi Ivelin Popovni qulay vaziyatga olib chiqdi. Popov esa himoyachini aldab, darvozani ishg‘ol qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz