Узбек O'zbek
Matich mashg‘ulot vaqtida jarohat olib safdan chiqdi
Yakshanba, 24 Fevral
1548

Nemanya Matich «Manchester Yunayted»ning APLning 27-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok etmaydi.

30 yoshli xavbek 23 fevral kuni o‘tkazilgan mashg‘ulotlar vaqtida jarohatlangan. Bu haqda «MYU» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘yin oldidan bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Matich bir oygacha maydonga qayta olmasligi mumkin.

U keyingi haftada to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va uning yakunlariga ko‘ra uning safga qaytishi muddati ma’lum bo‘ladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz