Узбек O'zbek
«Bavariya», «Barselona», «PSJ» va «Arsenal» da’vogarlik qilayotgan futbolchi qayerga o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Yakshanba, 24 Fevral
10893

«Lill» hujumchisi Nikolya Pepe uchun Myunxenning «Bavariya», Kataloniyaning «Barselona», Parijning «PSJ» va Londonning «Arsenal» klublari kurash olib bormoqda.

Le10sport.com manbasi xabariga ko‘ra, barcha to‘rt klub ayni vaqtda 23 yoshli futbolchi transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu raqobatda «Bavariya»ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Pepe Fransiya chempionatining joriy mavsumida 26 o‘yinda maydonga tushib, 16 gol urgan va 8 golga uzatma bergan. Forvard chempionat to‘purarlari ro‘yxatida faqat «PSJ» hujumchilari Edinson Kavani (17) va Kilian Mbappedan (22) ortda qolmoqda.

«Lill» esa 51 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz