Узбек O'zbek
«Yuventus» «Real»ning transfer maqsadini ilib ketmoqchi
Shanba, 16 Fevral
8856

«Yuventus» klubi «Portu» himoyachisi Eder Militao xizmatiga qiziqish bildirmoqda. 

Rai Sport xabariga ko‘ra, turinliklar sport direktori Fabio Paratichi Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Roma» - «Portu» (2:1) o‘yinida braziliyalik 21 yoshli futbolchi o‘yinini kuzatgan.

«Yuventus» «Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt transferidan voz kechib, Militao bilan shartnoma imzolamoqchi. «Ayaks» o‘z futbolchisi uchun 75 million yevro so‘rayotgan bo‘lsa, «Portu» 50 million yevroga rozi bo‘lib turibdi.

Avvalroq, «Real» Militaoni transfer maqsadlaridan birga aylantirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz