Узбек O'zbek
«Sharja» «Paxtakor»ning OCHL saralashidagi raqibini yengdi, Otabek Shukurov 90 daqiqa o‘ynadi
Juma, 15 Fevral
3498

Tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov to‘p suruvchi «Sharja» klubi chempionatning 15-turidan keyin ham hamon mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoaligicha qolmoqda.

Bu turda sharjaliklar Dubayning «Al-Nasr» klubi mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Yagona gol 74-daqiqada Rayan Mendes tomonidan urildi va u chempionatning bu mavsumidagi gollari sonini 8taga yetkazib qo‘ydi.

Ushbu uchrashuvda ham Otabek Shukurov odatdagidek to‘liq vaqt maydonda o‘ynadi.

Qayd etish kerak, «Al-Nasr» 43-daqiqada Tariq Ahmad chetlatilganidan so‘ng o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunlashdi. Ushbu jamoa 19 fevral, seshanba kuni OCHL saralashi plef-off bosqichida Toshkentning «Paxtakor» klubini qabul qiladi.

«Sharja» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 37taga yetkazdi va peshqadamlikda davom etmoqda. Klub keyingi turni 22 fevralda Dubayning boshqa bir jamoasi –«Shabab Al-Ahli»ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz