Узбек O'zbek
Mundialning yuz yilligi uning birinchi mezbon-davlatida bo‘lib o‘tishi mumkin
Juma, 15 Fevral
4152

Argentina, Chili, Paragvay va Urugvay davlatlari JCH-2030 mezbonligi uchun umumiy ariza topshiradi. Bu haqda Chili prezidenti Sebastyan Pinera ma’lum qildi.

«Bir necha oy oldin Argentina, Urugvay va Paragvay prezidentlariga Chilining zayavkasiga qo‘shilishni taklif qilgandim. Taklifim ma’qullandi», – deb yozgan Pinera o‘z tvitterida. 

Chili prezidentining qayd etishicha, milliy futbol federatsiyalari bir qarorga kelishdan oldin KONMEBOL bilan maslahatlashib olishgan. Ushbu davlatlar mundialni o‘zlarida qabul qilish bilan musobaqa yubileyini o‘tkazishmoqchi – Jahon chempionati ilk marta 1930 yilda Urugvayda bo‘lib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi mundialdan boshlab ishtirokchi jamoalar soni 48taga oshiriladi. Bunday formatdagi ilk musobaqa AQSHda bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz