Узбек O'zbek
Manchini: «Nega endi Italiya Yevro-2020 chempioni bo‘lolmas ekan?»
Juma, 15 Fevral
1802

Italiya terma jamoasi kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida g‘olib chiqish uchun barcha imkoniyatlarga ega, deb hisoblamoqda jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini.

Eslatib o‘tamiz, «skuadra adzurra» JCH-2018 final bosqichiga chiqa olmagan edi.

«Mundialda ishtirok etmaslik og‘rig‘i o‘tib ketdi. Buni yodda tutishimiz, undan saboq olishimiz va kengroq ko‘lamda fikrlashimiz kerak. Bizdan yaqqol ustun jamoa yo‘q. Argentina Messi bilan Amerika Kubogida g‘olib chiqishi mumkin, ammo boshqalar Messi yo‘q. Shunday ekan, nega endi Yevropa chempionatida g‘olib chiqish haqida o‘ylamasligimiz kerak?» – degan Messining so‘zlarini keltirmoqda Corriere della Sera.

Eslatib o‘tamiz, italyanlar Millatlar ligasining «A» ligasida Portugaliya va Polsha bilan bir guruhda kurash olib bordi va birinchi o‘rinni Portugaliyaga boy berdi. Jamoa Yevro-2020 saralashida Bosniya va Hersegovina, Finlyandiya, Gretsiya, Armaniston va Lixtenshteyn bilan birga «J» guruhidan o‘rin olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz