Узбек O'zbek
«Tottenhem» Perishich transferiga yana urinib ko‘radi
Chorshanba, 13 Fevral
1400

«Inter» vingeri Ivan Perishich «Tottenhem» qiziqish doirasida bo‘lib turibdi.

Tuttosport`ning yozishicha, londonliklar 30 yoshli xorvatni yanvar oyida sotib olishgan urinishgan edi, endi mavsum yakunida ham u bilan shartnoma imzolash payida bo‘lishadi.

Qayd etilishicha, Perishichning YeCHL guruh bosqichidagi o‘yinlari «shporlar» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga manzur bo‘lgan. Ikkala klub pley-off yo‘lida bitta guruhda bahs olib borgandi.

Shuningdek, Ivanning «Tottenhem»ga transferi doirasida yarimhimoyachi Mussa Sissoko va himoyachi Serj Ore «Inter»ga o‘tishi ehtimoli borligi aytilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz