Узбек O'zbek
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Ispaniya yig‘inidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Dushanba, 11 Fevral
5601

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari Toshkentda yig‘in olib bormoqda, deb xabar beradi O‘FA sayti.

Unda serbiyalik mutaxassis futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratmoqda. 
 
Yig‘in davomida olimpiya terma jamoasi a’zolaridan jismoniy testlar olindi. Test natijalariga qarab murabbiylar shtabi har bir futbolchi uchun alohida yuklamalar berishdi. Kecha navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Unda futbolchilar ikki guruhga bo‘lingan holda nazorat o‘yini o‘tkazishdi. 


 
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig‘ini 14 fevralga qadar davom etadi. Keyin terma jamoa Ispaniyaga yo‘l olib, San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazadi va 3ta nazorat o‘yinida maydonga tushadi. 

16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning «VSG Vattens» klubiga qarshi maydonga tushadi. 19 fevralda esa «Real Mursiya A» jamoasi bilan kuch sinashadi. 21 fevralda esa «Lokomotiv Tbilisi» jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan.
 
16 fevral 
O‘zbekiston - «VSG Vattens»
 
19 fevral
O‘zbekiston - «Real Mursiya A» 
 
21 fevral
O‘zbekiston - «Lokomotiv» Tbilisi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz