Узбек O'zbek
O‘zbekiston milliy jamoasi mart oyida xalqaro turnirda ishtirok etadi
Dushanba, 11 Fevral
6940

Ektor Kuper bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi «China Cup» xalqaro turnirida qatnashadi. Bu haqda O‘FA sayti xabar bermoqda.

Musobaqa 18-26 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida o‘tkaziladi. Unda Urugvay, Xitoy va Tailand terma jamoalari ishtirok etadi. 

Qur’aga ko‘ra O‘zbekiston milliy jamoasi yarimfinalda Tailand bilan, Xitoy esa Urugvay bilan bellashadi. Keyingi turda g‘oliblar va mag‘lublar o‘zaro o‘ynaydilar.

«China Cup» turniri an’anaviy ravishda bir necha yillardan beri o‘tkazilmoqda. O‘tgan yilgi musobaqada Urugvay terma jamoasi g‘olib chiqqan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz