Узбек O'zbek
Turkiya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi
Dushanba, 11 Fevral
2987

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku iste’foga chiqarildi. Bu haqda Turkiya Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

73 yoshli ruminiyalik mutaxassis 2017 yilda Turkiya terma jamoasiga tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida jamoa JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmadi va Millatlar Ligasida muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, B divizioniga tushib ketdi.

Xabarga ko‘ra, shartnoma ikkala tomonning kelishuviga asosan bekor qilingan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz