Узбек O'zbek
«Sarri «Chelsi»ni «Arsenal»ga aylantirib qo‘ydi»
Dushanba, 11 Fevral
6709

«Liverpul» sobiq himoyachisi Jeymi Karrager APL 26-turidagi «Manchester Siti»-«Chelsi» uchrashuvi (6:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu vaziyatda aytish mumkin bo‘lgan eng yomon narsa shuki, aftidan, Sarri «Chelsi»ni «Arsenal»ga aylantirgan. «Arsenal» safar o‘yinlarida shunday mag‘lubiyatga uchratishlariga ko‘nikib qolgan», – deb aytgan Sky Sports eksperti.

Eslatib o‘tamiz, «aristokratlar» APL doirasidagi so‘nggi ikkita safar o‘yinida umumiy o‘nta to‘p o‘tkazib yubordi va biror marta gol ura olgani yo‘q. Jamoa ayni paytda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz