Узбек O'zbek
Sarri: «Chelsi» mening futbolimni o‘ynamayapti»
Dushanba, 11 Fevral
4742

«Chelsi» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri APL doirasidagi «Manchester Siti»ga (0:6) qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Afsuski, bugun maydonda o‘z futbolimni ko‘rmadim. Endi buning sabablarini o‘rganib chiqishimiz lozim. Men o‘z futbolimni o‘ynamoqchiman va boshqa uslubga o‘tish niyatim yo‘q. Hozir «Chelsi» mening futbolimni o‘ynamayapti.

«Arsenal»ga yutqazganimizdan so‘ng, hafta davomida yaxshi shug‘ullandik, tayyorgarlik ko‘rdik. Futbolchilarning ishtiyoqi baland edi. Mag‘lubiyatning sababi ishtiyoqning pastligi emas», - dedi Sarri.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» APL tarixida ilk marotaba bunday yirik hisobda yutqazgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz