Узбек O'zbek
«Real» Iskoning sog‘ligi haqida ma’lumot berdi
Dushanba, 11 Fevral
4165

«Real» yarimhimoyachisi Isko tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Klub rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, futbolchiga o‘tkir servikalgiya (yelka og‘rig‘i) va dorsalgiya (bel og‘rig‘i) tashxislari qo‘yilgan. Xabarda 26 yoshli ispanning qachon safga qaytishi muddati ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Isko shanba kuni «Atletiko» bilan o‘yin (3:1) qaydnomasiga kiritilmagan edi.

Isko bu mavsum «qirollik klubi» tarkibida 15ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz