Узбек O'zbek
Mourino Rossiyada o‘ziga yangi ish topdi
Dushanba, 11 Fevral
8538

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino tez orada televideniyedagi faoliyatiga qaytadi.

RT xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis mart oyidan boshlab ushbu kanalda efirga uzatiluvchi «Maydon chetida Joze Mourino bilan» shousini olib boradi. U ko‘rsatuvda YeCHL pley-offi doirasidagi o‘yinlar haqida o‘z taxminlarini bildirib, ekspert fikrini bayon etadi.

«JCH-2018ni RT`da yoritib borish men uchun qimmatli tajriba bo‘lgan edi. Shunday ajoyib jamoa bilan hamkorlikni davom ettirish imkoniyati tug‘ilganidan juda xursandman», – deb aytgan Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Mourino oxirgi ish joyi «MYU»dan 2018 yilning dekabr oyi o‘rtalarida bo‘shagan edi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz