Узбек O'zbek
«Eyr Fors» bosh murabbiyi: «Paxtakor»ning chap qanot yarim himoyasi katta muammo bo‘lishi mumkin»
Dushanba, 11 Fevral
4874

Osiyo Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi doirasidagi «Paxtakor» – «Eyr Fors» (Iroq) jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Bosim Qosim jamoa tarkibida yo‘qotishlar borligini ma’lum qildi.

«O‘yinga yaxshi hozirlik ko‘rishga intildik. Iroq chempionati davom etmoqda, oxirgi ikki bellashuvda jiddiy raqiblar bilan durang o‘ynadik. Ertaga uch nafar yetakchi futbolchimiz – Amjed Rahim, Karar Nabil va Ali Hosni jarohat tufayli o‘ynay olishmaydi.

Biz raqibni imkon boricha o‘rganishga intildik. Bu jamoa ancha kuchli. Chap qanot yarim himoyasi katta muammo yaratishi mumkin», – deya ta’kidlagan Bosim Qosimning so‘zlarini keltirmoqda «Paxtakor» matbuot xizmati.

«Biz yaxshi kayfiyatdamiz. Jamoamizga jarohatlangan o‘yinchilar yordam bera olmaydi, ammo ahil bo‘lib zarur natijaga erishishga intilamiz», – deya murabbiyning so‘zlariga qo‘shimcha qildi himoyachi Saad Notiq.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor»-«Eyr Fors» uchrashuvi «Paxtakor» markaziy stadionida ertaga, 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 15:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz

18.02
Tartibsizlik