Узбек O'zbek
De Yong «Real»ga qarshi maydonga tusha olmasligi mumkin
Dushanba, 11 Fevral
5249

«Ayaks» yarimhimoyachisi Frenki de Yong Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasidagi «Real»ga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Fox Sports ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining belida shikastlanish bor. U shu sababdan shanba kuni ichki chempionatdagi «Herakles»ga qarshi bahsda zaxiraga olingan edi.

«Ayaks»–«Real» uchrashuvi 13 fevral kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, de Yong o‘tgan oyda «Barselona» bilan shartnoma imzolagan edi. Uning transfer qiymati 75 mln yevroni tashkil etgan, bu miqdor bonuslar hisobiga 11 mln yevroga oshishi mumkin.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz