Janubiy Koreya futbol federatsiyasi va «Bavariya» klubi hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda nemis klubi rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Kelishuv o‘zaro tajriba almashish, yosh va iqtidorli futbolchilarni o‘qitish va mashg‘ulotlarga yangi metodikalarni joriy etish kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, murabbiylar almashinuvi, birgalikda seminarlar o‘tkazish, yoshlar miqyosida o‘rtoqlik uchrashuvlari va mashg‘ulot lagerlarini tashkil etish kabilar ham bitimda o‘z aksini topgan.
Qayd etish kerak, Germaniya chempioni 2018 yil may oyida Yaponiya futbol federatsiyasi bilan ham shunga o‘xshash shartnoma imzolagan edi. Myunxen klubi keyingi yillarda Tailand, Yaponiya va Xitoyda futbol maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
#FCBayern und südkoreanischer Fußballverband #KFA vereinbaren Partnerschaft. 🤝
— FC Bayern München (@FCBayern) 11 fevralya 2019 g.
➡ https://t.co/dq6OcxzhKN pic.twitter.com/Rogpvbm5fU