Узбек O'zbek
«Barselona»ning La Ligadagi golli seriyasi barham topdi
Dushanba, 11 Fevral
4152

«Atletik» va «Barselona» Ispaniya chempionatining 23-turida Bilbaoda bahs olib borib, golsiz durangga imzo chekishdi.

Shu tariqa, «Barsa»ning La Ligada 37 o‘yinga cho‘zilgan golli seriyasi barham topdi. Kataloniya klubi ichki chempionatda oxirgi marta bundan bir yil oldin – 2018 yil 11 fevral kuni «Xetafe» darvozasiga yo‘l topa olmagan edi.

Qo‘shimcha qilish joiz, «ko‘k-anorranglilar» 25 yil ichida ilk marotaba mavsumning har ikki o‘yinida «Atletik»ni mag‘lub eta olmadi. «Kamp Nou»dagi birinchi bahs 1:1 hisobi bilan tugagandi. Bunday holat 1993/94 mavsumida kuzatilgan, o‘shanda Kataloniyada mehmonlar 3:2 hisobida ustun kelib, Bilbaoda kechagidek nursiz durang qayd etilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz