Узбек O'zbek
G‘alabali yo‘lga qaytgan «Yuventus» va «Inter», gol urishni «unutayotgan» «Napoli» – Italiyada tur voqealari  
Dushanba, 11 Fevral
2340

Dam olish kunlari Italiya chempionatida 23-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e’tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

«YUVENTUS» G‘ALABALI YO‘LGA QAYTDI

Italiya Kubogini ham hisobga oladigan bo‘lsak, qatorasiga 2ta o‘yindan beri g‘alaba qozonolmayotgan «Yuventus» safarda «Sassuolo» bilan o‘ynadi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Dastlabki daqiqalar mezbonlarning ustunligi ostida o‘tdi. Bo‘lim o‘rtalarida «Yuventus» vaziyatni tenglashtirdi va hisobni ochdi. 23-daqiqada Ronalduning uzoq masofadan bergan kuchli zarbasidan so‘ng, darvozaboni Konsili to‘pni qaytara oldi. Unga hammadan birinchi yetib kelgan Xedira darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim ham «Yuventus»ning ustunligida o‘tdi. 70-daqiqada burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni Ronaldu boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi. 86-daqiqada Ronaldu yetkazgan to‘pni Jan darvozaning burchagiga aniq yo‘llab, yakuniy natijaga nuqta qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng, «Yuventus» 63 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni mustahkamladi. «Sassuolo» 30 ochko bilan 11-o‘rinin egallab turibdi.

Sassuolo – Yuventus 0:3 (0:1, 0:2)
10 fevral, «Chitta-del-Trikolore» stadioni
Gollar: 0:1 – 23 Xedira, 0:2 – 70 Ronaldu, 0:3 – 86 Jan.
Sassuolo – Konsili, Lirola, Manyani, Peluzo, Rojerio, Burabiya (Manyanelli, 79), Sensi, Lokatelli, Berardi, El-Babakar (Boga, 59), Jurichich (Matri, 56).
Yuventus – Shchensni, De Shilo, Rugani, Kaseres, Aleks Sandro, Bernardeski (Dibala, 83), Xedira (Bentankur, 66), Pyanich, Matyuidi (Jan, 85), Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pyanich (6), Aleks Sandro (27), Manyani (30), Burabiya (38), Lirola (90).

«NAPOLI» SAFAR O‘YINLARIDA GOL URISHNI «UNUTDI»

«Napoli» safarda «Fiorentina» bilan o‘ynadi. Jamoalar juda chiroyli va hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. Ammo, futbolning tuzi hisoblanadigan gollar urilmadi. Hujumlarni aniq yakunlash borasida har ikkala jamoa ham juda oqsadi. Qayd qilish joizki, neapolliklar safardagi qatorasiga 4ta o‘yindan beri raqib darvozasini ishg‘ol qilolmayaptilar.

Birinchi bo‘limda «Napoli»da imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. Zelinski, Kalexon va G‘ulomning juda kuchli zarbalarini darvozabon Lyafon qaytara oldi. Mezbonlar hujumchisi Keza esa darvozabon Meret bilan yuzma-yuz qolgan vaziyatda noaniq zarba berdi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyat tenglashdi. «Fiorentina» ham bir necha xavfli vaziyatlarni yarata oldi, ammo «Napoli» g‘alabaga yaqinroq edi. Milik uchta ajoyib vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Uning zarbalarini darvozaboni Meret qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng, «Napoli» 52 ochko bilan 2-o‘rinda, «Fiorentina» esa 32 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.   

Fiorentina – Napoli 0:0
9 fevral, «Artemio Franki» stadioni
Fiorentina – Lafon, Chekkerini, Petsselya, Gansko (Vitor Ugo, 57), Dabo, Fernandesh, Veretu, Biragi, Keza, Muriel, Jerson (Miralyas, 69; Simeone, 81).
Napoli – Meret, Xyusay, Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy (G‘ulom, 6), Kalexon, Allan, Fabian Ruis, Zelinski, Insine (Verdi, 77), Mertens (Milik, 62).
Ogohlantirishlar: Dabo (42), Veretu (50), Kalexon (54), Zelinski (57), G‘ulom (72), Maksimovich (90).

«INTER» MUVAFFAQIYATSIZ SERIYAGA BARHAM BERDI

«Inter» safarda «Parma» bilan o‘ynadi va 1:0 hisobidagi juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 1-bo‘limda mezbonlar tashabbusga ega bo‘lib, bir necha xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. Jervino to‘pni egallab olib, jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. «Inter» esa raqib darvozasi oldida imkoniyatlarga ega bo‘lmadi.

2-bo‘limda mehmonlar faolroq o‘ynadilar. Jamoa katta kuch bilan hujumga otlandi va ketma-ket xavfli vaziyatlarni vujudga keltira boshladi. Vesinoning kuchli zarbasidan so‘ng, darvozabon Sepe qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Brozovichning zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegdi. O‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida «Inter» o‘z niyatiga yetdi. Nainggolan oshirgan to‘pni Martines aniq zarba bilan darvozaga yo‘lladi.

Natijada «Inter» qatorasiga 3ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyaga barham berdi va 43 ochko bilan 3-o‘rindagi mavqeini mustahkamladi. «Parma» 29 ochko bilan 12-o‘ringa tushdi.

Parma – Inter 0:1 (0:0, 0:1)
9 fevral, «Ennio Tardini» stadioni
Gol: 0:1 – 79 Martines.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Bastoni, Galolo, Kutska (Sprokati, 84), Skotssarella (Shtulats, 77), Barilla, Siligardi (Biabiani, 58), Ingleze, Jervino.
Inter – Handanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Vesino, Brozovich, Joau Mariu (Martines, 77), Nainggolan (Galyardini, 88), Perishich, Ikardi (Soaresh, 90).
Ogohlantirishlar: Vesino (37), Galolo (61), Nainggolan (85), Biabiani (89).

CHEMPIONLAR LIGASI YO‘LLANMASI UCHUN KURASH QIZDI

Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini beruvchi 4-o‘rin uchun kurash juda qizg‘in kechmoqda. Ayni paytda «Milan», «Atalanta», «Roma» va «Latsio» klublari kuchli to‘rtlikka kirish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turishibdi. Bu turda ularning barchasi g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

«Milan» o‘z maydonida «Kalyari»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va 39 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni saqlab qoldi. «Atalanta» o‘z uyida SPAL bilan bellashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. «Roma» safarda «Kevo»ni 3:0 hisobida «yer tishlatgan» bo‘lsa, «Latsio» «Empoli»ni kichik hisobda yengdi. Uchala jamoa ham 38 ochko jamg‘arib, Chempionlar Ligasi hududidan 1 ochko ortda bormoqda.

23-TURNING BARCHA NATIJALARI

7 fevral

Latsio – Empoli 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 42, penalti Kaysedo.

8 fevral

 Kevo – Roma 0:3 (0:2, 0:1)

Gollar: 0:1 – 9 El-Shaaravi, 0:2 – 18 Jeko, 0:3 – 51 Kolarov.

9 fevral

Fiorentina – Napoli 0:0

Parma – Inter 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 79 Martines.

10 fevral

Bolonya – Jenoa 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 1:0 – 17 Destro, 1:1 – 33 Lerager.

Torino – Udineze 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 31 Ayna.

Chetlatish: De Mayo (90, Udineze).

Atalanta – SPAL 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 8 Petanya, 1:1 – 57 Ilichich, 2:1 – 79 Sapata.

Sampdoriya – Frozinone 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 25 Chiofani.

Sassuolo – Yuventus 0:3 (0:1, 0:2)

Gollar: 0:1 – 23 Xedira, 0:2 – 70 Ronaldu, 0:3 – 86 Jan.

Milan – Kalyari 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 13, avtogol Cheppitelli, 2:0 – 22 Lukas Paketa, 3:0 – 62 Pyontek.

A SERIYA JADVALI

A SERIYA TO‘PURARLARI

18 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5 pen)

16 - Duvan Sapata (Atalanta, 1), Kshishtof Pyontek (Milan, 2), Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 4)

12 - Arkadiush Milik (Napoli)

11 - Franchesko Kaputo (Empoli, 1), Chiro Immobile (Latsio, 2)

9 - Mauro Ikardi (Inter, 3)

23-TURNING RAMZIY TERMA JAMOASI

A SERIYA 24-TUR O‘YINLARI

15 fevral

Yuventus - Frozinone

16 fevral

Kalyari - Parma

Atalanta - Milan

17 fevral

SPAL - Fiorentina

Jenoa - Latsio

Udineze - Kevo

Empoli - Sassuolo

Inter - Sampdoriya

Napoli - Torino

18 fevral

Roma - Bolonya

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz